Raqamli rivojlanish vazirligi 2026-2030 yillarga mo'ljallangan sun'iy intellekt strategiyasini ishlab chiqmoqda. Hujjat AI texnologiyalarini davlat boshqaruvi, sog'liqni saqlash, ta'lim va qishloq xo'jaligiga joriy etish yo'llarini belgilaydi.
Strategiya doirasida 5000 dan ortiq AI mutaxassisi tayyorlash, 50 ta startapni qo'llab-quvvatlash va davlat xizmatlari samaradorligini 40 foizga oshirish ko'zlangan.