"O'zbekiston — 2030" strategiyasi mamlakatimizni yangi bosqichga olib chiqishda xizmat qiluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Mazkur strategiya 5 ta ustuvor yo'nalish va 100 ta aniq maqsadni o'z ichiga olgan.
Birinchi yo'nalish doirasida ta'lim tizimini isloh qilish va sog'liqni saqlashni raqamlashtirish ko'zda tutilgan.
Iqtisodiyot sohasida YaIM hajmini 160 milliard dollarga yetkazish va aholi jon boshiga daromadni 4 ming dollardan oshirish maqsad qilingan.
