Prezident Shavkat Mirziyoyev 2030-yilgacha mo'ljallangan milliy rivojlanish strategiyasini tasdiqladi. Hujjatda iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va ta'lim tizimini isloh qilish kabi ustuvor vazifalar belgilangan.
Strategiyaga ko'ra, 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot ikki barobarga oshirilishi va aholi turmush darajasi sezilarli yaxshilanishi ko'zlangan.